© 2024, id45225145 95
СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ
Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно
Скидки до 50 % на комплекты
только до
Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой
Организационный момент
Проверка знаний
Объяснение материала
Закрепление изученного
Итоги урока
4-sentabrdan maktab boshlanadi. mustaqillik bayami bilan madhiya aytilib boshlanadi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zAda .
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Qarorga ko‘ra, mehnatkash va bag‘rikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi anʼanaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishga masʼul bo‘ladi.
Shuningdek, mamlakat istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari tanlovlarining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.
Mustaqillikning 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkaziladi
19 JULY 2024

Фото: ЎзА
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-264-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali .
Qarorga ko‘ra, Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur’atlariga munosib tarzda nishonlanadi.
Tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.
“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.
© 2024, id45225145 95