СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ
Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно
Скидки до 50 % на комплекты
только до
Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой
Организационный момент
Проверка знаний
Объяснение материала
Закрепление изученного
Итоги урока
Chirchq shahar 4- UO’T maktabining fizika fani o’qituvchi Hamdamova Dilorom Mirzarayimovnaning 8- sinflar uchun 1 soatlik
Chirchiq- 2015 yil.
Dars maqsadi:
Dars turi: aralash
Dars uslubi: Savol-javob, guruhlarda ishlash, aqliy hujum,kitob bilan ishlash.
Dars jihozi: Darslik, sxema, rasm, slayd,tarqatma materiallar.
Darsning orishi:
I.Tashkiliy qism.Salomlashish,yuqlama qilish,mavzu va sanani doskaga yozish,dars jihozlarini tayyorlash.
II.Uyga vazifani tekshirish.
III.O’tgan mavzuni takrorlash.
-elektroliz jarayonida sof mis olish jarayonini tushuntiring?
-elektroliz orqali yana qanday elementlarni sof holda olish mumkin?
-alyuminiy qayerlarda ishlatiladi?
IV. Yangi mavzu bayoni.
Gaz razryadlari. Uncha yuqori bo’lmagan tempiraturalarda gaz elektr tokini o’tkazmaydi. U o’tkazuvchi bo’lishi uchun ma-lekulalarining biror qismi bo’linib, ionlar va erkin elektronlarga
ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror ionlashtiruvchi ta’sir ko’rsatilishi zarur. Ionizator ta’sirida atom yoki malekula-larning electron qobig’idan bir yoki bir nechta elektronlarning uzilib chiqishi ro’y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o’z navbatida neytral atomlar yoki malekulalar bilan birikib, manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keliradi. Demak, ion-lashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mav-jud bo’ladi. Gazdan elektr tokining o’tishi gaz razryadi deyiladi.
Rekobinatsiya. Gazda ionlashgan jarayoni bilan birga, reko-binatsiya- ionlarning neytral atomlar yoki malekulalarga aylanish jarayoni ham ro’y beradi. Agar tashqi ionizatorlarning ta’siri to’xtasa, gazning o’tkazuvchanligi yomonlasha boradi. Ionizatorlarning quvvati o’zgarmaydigan bo’lsa, ionlashish va rekobinatsiya jarayonlari o’rtasida dinamik muvozanat vaziyati vujudga keladi. Bunda ionlashish natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarralar juftining o’rtacha soni rekobinatsiya natijasida yo’qoladiganlarning o’rtacha soniga teng bo’ladi.
V.Yangi mavzuni mustahkamlash.
-gazlar qachon dielektrik bo’ladi?
-gazlar qachon o’tkazgich bo’ladi?
-gaz razryadi nima?
-gazlarning ionlashishini tushuntiring?
VI. O’quvchilarni baholash.
VII. Uyga vazifa.
Darslikning 97-99 betlarini