СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Yassi va sferik ko'zgular.Masalalar yechish.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Yassi va sferik ko'zgular mavzusiga doir masalalar yechish. mavzusida dars ishlanma.

Просмотр содержимого документа
«Yassi va sferik ko'zgular.Masalalar yechish.»

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu:

Yassi ko`zgu mavzusini mustahkamlash yuzasidan masalalar yechish.

Dars maqsadlari va vazifalari:

Darsning ta’limiy maqsadi:

O`quvchilarning yassi ko`zgu xususiyatlari va xossalari haqidagi bilimlarini mustahkamlash va mavzu yuzasidan masalalar yechishni o`rganish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O`quvchilarning yassi ko`zgu haqidagi bilimini mustahkamlash, masalaning shartini tushinaolish, masalalarni to`g`ri tahlil qilib yechish

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilar da yassi ko`zgu haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish. Amaliy ko`nikmalarini shakllantirish.

Vazifalar:

-o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.

-mavzuga oid berilgan savollarni o`zlashtirish va puxta bilishga undash.

O`quv jarayonining mazmuni

Yassi ko`zgu mavzusi yuzasidan berilgan masalalar yordamida mavzuni mustahkamlash, masalalar ishlash orqali yassi ko`zgu hususiyatlarini bilib olish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Suhbat, “BBB”, “Klaster”, “Blits so`rov”

Darsning jihozi: metodik qo`llanma, test savollari, ro`znoma, oynoma.

Darsning turi: Noan’anaviy.

Shakl: Kichik guruhlar va individual tartibda ishlash.

Naorat: Og`zaki savol-javob

Baholash: 5 balli tizim asosida

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Mavzuni barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`oradi. Bu darsda barcha o`quvchilar baholanadi. O`quvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o`rganish va uni tahlil qilish og`zaki shaklada ifoda etishga o`rgatadi. Bahs munozarada asar tahlilini amalga oshira oladi, og`zaki nutqi va bilim rivojlanadi.



Darsning blok sxemasi

№

Darsning bosqichlari

Vaqti

1.

Darsning tashkiliy qismi

5 daqiqa

2.

O`quvchilarni faollashtirish

6 daqiqa

3.

O`tgan mavzuni mustahkamlash.

15 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Darsni yakunlash

5 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



1. Tashkiliy qism

Sinf xonasiga kirib o`quvchilar bilan suhbatlashadi, davomatni aniqlanadi. Tozalik tekshiriladi. O`quvchilar diqqati jamlanadi.

Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar va nomlandilar

I guruh “Yosh mexaniklar”

II guruh “Yosh fiziklar”

II guruh “Yosh amalyotchilar”

Guruhlar nomlari fanimiz yuzasidan kelib chiqib nomladik. Bugungi darsimizni bellashuv tarzida tashkil etamiz.

Dars davomida o`quvchilarning xatti – harakatlari, savollarga bergan javoblari rag`bat ballari bilan baholab boriladi.

II O`tigan mavzuni so`rash.

O`qituvchi: Biz sizlar bilan o`tgan darsimizda Yassi ko`zgu mavzusi bilan tanishgan edik.

Ko`zgu o`zi nima ekan?

O`quvchi: Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinka ko`zgu deyiladi.

I shartimizda guruhlardan yassi ko`zguga “Klaster ” usulida ta’riflab berish talab etiladi







III Bosqich. O`tgan mavzuni mustahkamlash. Ushbu bosqichda “Blits-so`rov” metodidan foydalanamiz. Ushbu usulda o`quvchilarga tarqatma materiallarda ko`rsatilgan topshiriqlar bo`yicha avval yakka tartibda mustaqil tavishda keyin guruh fikrini bilib, boshqalarning ham fikrini e`tiborga olish kabi ko`nikmalar shakillantiriladi.

O`yinimiz qo`ydagicha tartibda o`tqazamiz. 1. Har bir bosqichga mo`ljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt ajratiladi o`quvchilar esa shu vaqtda ajratillag vaqtdan unumli foydalanishi talab etiladi.

2. O`qituvchi hamma o`quvchilarga alohida-alohida tarqatma material tarqatadi. 3. O`qituvchi tarqatma material mazmunini va bajariladigan vazifani tushuntiradi. 4.Tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajariladi.

5.Guruh a’zolari birlashadilar.

6.Guruhlar ishlarini tugatgach, o`qituvchi tomonidan to`g`ri javob aytiladi

7.O`quvchilar to`g`ri javobdan o`zlari belgilagan sonlarni ayirib, yakka xato qatoriga yozadilar.

8. Huddi shunday tartibda to`g`ri javobdan guruh tomonidan qo`yilgan bahoni ayirib, guruh xatosi qatoriga yozadilar.

9.O`qituvchi yakka va guruh xatoliklarining umumiy soni bo`yicha tushuncha beradi va ularning har birini alohida – alohida sharhylab beradi.

10. O`qituvchi mashg`ulotni yakunlab, tinglovchilarning bilimini mezonlar asosida baholaydi.


“Blits – so`rov”: Yassi ko`zgu

Guruh

bahosi

Guruh

bahosi

to`g`ri

javob

Yakka

baho

Yakka

baho

Yassi ko`zgu






Sferik ko`zgular






fokus masofa






mavhum fokus






Agar buyum 2F masofaga qo`yilsa






Qavariq ko`zgular qayerlarda qo`llaniladi?


1-2 to`g`ri javob – “qoniqarli”

3-4 ta to`g`ri javob – “yaxshi”

5-6 ta tog`ri javob “a’lo”

3. Yangi mavzu bayoni

O`qituvchi: Bugun sizlar bilan o`tilgan yassi ko`zgu mavzusiga doir masalalarni ishlashni o`rganamiz darsligimizda quyidagicha masala berilgan. Odam ko`zguga 1 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Uning tasviri ko`zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi?

Berilgan:

Topish kerak

v2=?

Formulasi va yechilishi

Odam ko`zguga qancha yaqinlashsa, tasvir ham shuncha yaqinlashadi.

Demak, v1=v2

Javob:

1. Buyum botiq ko`zgudan 2F masofada joylashgan hol uchun tasvir yasang. Bu topshiriqani guruhlar o`zaro mustaqil bajarishadi. Natijalar solishtiriladi va tahlil qilinadi.

2.Buyum botiq ko`zgudan 250 sm masofada turibdi. Ko`zguning fokus masofasi 245 sm. Ko`zgudan fokusgacha bo`lgan masofani toping.

Bu masalaning qisqa shartini 1-guruh tuzadi 2- guruh esa unga javob topadi 3-guruhdan esa javobni tekshirib tahlil qilishini so`raymiz.

3. Yassi ko`zgu α burchak ostida tushmoqda . Agar ko`zguni βburchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?

Bu toshiriq o`qituvchi tomonidan sinf yozuv taxtasida chizib tushuntiriladi.

4.Ikkita yassi ko`zgu parallel qo`yilgan. Ular orasiga buyum qo`yilsa ko`zgularda nechta tasvir hosil bo`ladi.

Bu topshiriq guruhlar o`rtasida muhokamaga qo`yilib isbot qilinadi.



V.Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma materiallar yordamida topshiriqlar berilib, savol- javob o`tkaziladi

Sferik ko`zguda tasvir yasash. Chizmalar asosida tushuntiring.


Ko`zgular haqida ma’lumot bering.


Agar ko`zgu α burchakka burulsa, ko`zbudan qaytgan nur qanday burchakka buruladi

A)α; B) 2α; C) α/2; D) 3/2 α; E)o`zgarishsiz qoladi


Buyum qavariq linzadan 2 F masofadan uzoqqa joylashsa, hosil bo`ladigan tasvir qanday bo`ladi?


Fokus masofasini topish formulasini yozib tushuntiring.

Yangi mavzuni mustahkamlashda BBB texnologiyasidan foydalanamiz

BILAMAN

BILISHNI XOHLAYMAN

BILIB OLDIM

Yassi ko`zguda o`ng tomon bilan chap tomon o`rni almashinib ko`rinadi

Odam ko`zguga qanchalik yaqinlashsa tasvir ham shunchalik yaqinlashadi.

Botiq ko`zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerda joylashtirish kerak

Odam yuzini ko`rishi uchun diametiri 5 sm bo`lgan qavariq ko`zguni qancha uzoqlikda tutushi kerak

Ikkita yassi ko`zguni parallel qo`yib, ular orasiga buyum qo`yilsa ko`zgularda 2 ta tasvir ko`rinadi

Nurning ko`zguga tushish burchagi va sinish burchaklarini aniqlashni.





VI Dars yakuni.

O`quvchilar baholanadi. Baholar izohlanadi. Faol o`quvchilar e’tirof etiladi

VII. Uyga vazifa: O`tilgan mavzuni takrorlash.