Просмотр содержимого документа
«Yakkasaroy bo‘yicha ma‘lumit»
Gidromeliorativ tadbirlar – kollektor zovur tarmoqlarini loyixalashtirish va ularni qurish ishlarini majmuasidir;
Gidromodul - bir gektar ekin maydoniga suvning dastlabki litr/sekund xisobidagi solishtirma sarfi; Erlarni gidromodul jixatatdan bo‘lish natijasida har bir gidromodul hududida etishtiriladigan ekinlardan mo‘l hosil olish uchun suv miqdori av sug‘orish muddati belgilanadi;
Gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasi - gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining normativ hujjatlar bilan belgilangan qiymati;
Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi - gidrotexnika inshootining xavfsizligi asoslab beriladigan hujjat;
Gidrotexnika inshootining xavfsizligi mezonlari - gidrotexnika inshooti holatining va undan foydalanish shartlarining gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasiga muvofiq miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining cheklangan qiymatlari;
Gidrotexnika inshootlari - to‘g‘onlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiya-lari, suv omborlari qirg‘oqlarini, daryolar va kanallar o‘zanlarining qirg‘oqlari va tubini toshqin hamda emirilishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‘rab turuvchi inshootlar (ko‘tarmalar);
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi - gidrotexnika inshootlarining odamlar hayoti, sog‘lig‘i va qonuniy manfaatlarini, atrof tabiiy muhit va xo‘jalik ob’ektlarini muhofaza qilishni ta’minlash imkonini beruvchi holati;
Davlat yer kadastri – yerlarni tabiiy, xo‘jalik va xuquqiy rejimi, ularni tiofalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarini joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalari, yerdan foydalanuvchilarga ijarachilarga xamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va xujjatlar to‘plamidan iborat;
Davlat mulki – aososiy mulk shakllaridan biri; Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan iqtisodiyotni demokratiyalashtirish, davlat monopoliyasini tugatishni taqozo qiladi; Davlat mulkining xukmronlik doirasi keskin qisqaradi; Davlat mulki asosan jamoa mulkiga va xususiy mulkka aylantiriladi;