| Dars tartibi | Bo‘lim va mavzular | Soat | Dars o‘tish sanasi | Uyga vazifa |
| 1-sinf |
| 1-chorak |
| 1-2-dars | Biz yoqtirgan kuylar. Musiqa tinglash: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi”. A.Oripov she’ri, M.Burhonov musiqasi. “Do‘loncha” o‘zbek xalq kuyi. Jamoa bo‘lib kuylash: “Aziz bo‘ston- O‘zbekiston” P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish. | 2 | | |
| 3-4-dars | Milliy cholg‘ular bilan tanishamiz. Musiqa tinglash: “Raqs” o‘zbek xalq kuyni tinglab, kuyga mos qo‘l harakatlarini bajarish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Olma” P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: Milliy cholg‘ular – doira va nog‘ora bilan tanishish. | 2 | | |
| 5-6-dars | Tinglaymiz, o‘rganamiz Musiqa tinglash: “Yurish marshi” F.Nazarov musiqasi. “Marsh” D.Omonullayeva musiqasini tinglab, marsh musiqa sadosi ostida harakatlar bajarish. Jamoa bo‘lib kuylash: “O‘qishni bilib olsang”, M.Yunusov she’ri, M.Dadaboyev musiqasi. Musiqa savodi: Qanday tovushlarni bilasiz? Shovqinli va musiqiy tovushlar. | 2 | | |
| 7-8-dars | Biz yoqtirgan qo‘shiqlar. Musiqa tinglash: “Andijon polkasi” o‘zbek xalq kuyini tinglab, milliy raqs harakatlarini bajarish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Salom bergan bolalar”, P.Mo‘min she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi. Musiqa savodi: Musiqiy tovushlarni past-balandligini ajratish. | 2 | | |
| 9-dars | Musiqali o‘yinlar Musiqa tinglash: “Oq terakmi, ko‘k terak” X.Qayumov she’ri, A.Mansurov musiqasini tinglab, bolalar xalq o‘yiniga mos ritmik harakatlarni bajarish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Ayiqpolvonlar bog‘chasi”, H.Muhammad she’ri, T.Toshmatov musiqasi. Musiqa savodi: Nota yo‘li. | 1 | | |
| 2-chorak |
| 10-11-dars | Tinglaymiz, raqsga tushamiz. Musiqa tinglash: “Qari navo” o‘zbek xalq kuyi. “Ufor” o‘zbek xalq kuylarini tinglab, chapak yoki shiqildoq chalib, o‘qituvchi ijrosiga ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Alifbo bayrami”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: Skripka (sol) kaliti, uning yozilishi, skripka kalitining nota yo‘lidagi joylashuvi | 2 | | |
| 12-13-dars | Musiqaning sehrli olami. Musiqa tinglash: “Sarbozcha” o‘zbek xalq kuyi. “Polka” X.Izamov musiqasini tinglab, kuyga ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Alifbo bayrami”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: Shoir, kompozitor, xonanda va sozandalarni farqini bilish. | 2 | | |
| 14-15-dars | Musiqali o‘yinlar va raqslar. Musiqa tinglash: “Asp bo‘laman” o‘zbek xalq kuyini tinglab, chapak yordamida raqs harakatlarini bajarish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Birinchi qor” R.Tolib she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi. Musiqa savodi: Tovushlarning bir-biridan farqini bilish. | 2 | | |
| 16-dars | Dars-konsert. | 1 | | |
| 3-chorak |
| 17-18-dars | Qo‘shiqlar olamiga sayohat. Musiqa tinglash: “Pianino” M.Zaynutdinova she’ri, J.Najmiddinov musiqasini tinglash, chapak chalib, ritmik jo‘r bo‘lish Jamoa bo‘lib kuylash: “Nevaralar qo‘shig‘i”, S.Barnoyev she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi. Musiqa savodi: Yetti tovush nomi, ularning ketma-ketligda yuqori va pastga borishi. | 2 | | |
| 19-20-dars | Raqs olamiga sayohat. Musiqa tinglash: “Chertmak” xalq kuyini tinglab, shiqildoq chalib, kuyga ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Childirma”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: tovushlar baland-pastligini zinachalar ifodasida tasvirlash. | 2 | | |
| 21-22-dars | Musiqa bizning hayotimizda. Musiqa tinglash: “Chamanda gul” o‘zbek xalq qo‘shig‘ini tinglash hamda doirachalarda kuyga ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Gullola” M.Odilova she’ri, I.Akbarov musiqasi. Musiqa savodi: Do-major tovush qatorida kuylash. Tovushlarning ritmik bo‘linishi va ularning nota vositasida belgilanish. | 2 | | |
| 23-24-dars | Biz sevgan cholg‘ular. Musiqa tinglash: “Kapalak”, Z.Diyor she’ri, S.Boboyev musiqasini tinglash hamda doirachada ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Diloromning qo‘shig‘i”, I.Donish she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: Butun nota shakli. | 2 | | |
| 25-dars | Nazorat ishi. | 1 | | |
| 4-chorak |
| 26-27-dars | Musiqa tovushlari. Musiqa tinglash: “Quyonim” o‘zbek xalq o‘yinini tinglash hamda chapak chalib kuyga ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Sehrli dunyo”, X.Axmedova she’ri, X.Hasanova musiqasi. Musiqa savodi: Yarim nota. | 2 | | |
| 28-29-dars | Musiqaning sehrli olami. Musiqa tinglash: “Boboq xo‘roz”, P.Mo‘min she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasiga chapak va cholg‘ularda ritmik jo‘r bo‘lish. Jamoa bo‘lib kuylash: “Shudring”, Q.Ota she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi. Musiqa savodi: Chorak notaning yozilishi. | 2 | | |
| 30-31-dars | Kompozitorlar-bolalarga” Musiqa tinglash: “Lavlagi”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Jamoa bo‘lib kuylash: “Bug‘doy”, R.Tolib she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi: Nimchorak notaning yozilishi. Shoir va kompozitorlar yaratgan kuy-qo‘shiqlar. | 2 | | |
| 32-dars | Nazorat ishi. (1 soat) | | | |
| 33-dars | Dars-konsert. | 1 | | |