Mavzu: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
| Darsning maqsadi: | Ta’limiy: O’quvchilarga interdagi web sahifalar bilan bilan ishlashni o’rgatish va brauzerar qulayligi bilan tanishtirish.. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish |
| Kompetensiya | TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish. FOK: elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi; Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi. |
| Dars usuli | suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. |
| Dars turi | Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi. |
| O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi | O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari: 7-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Jajji bilimdon” jurnali. Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. |
| Ishlash bosqichlari vaqti | Faoliyat mazmuni |
| O’qituvchi | O’quvchilar |
| 1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa) | Darsni tashkillashtish. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa) O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi: | Darsga tayyorlanadi. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi. |
| 2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa) | interdagi web sahifalar bilan bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa) | Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi. |
| 3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa) | O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi. Uyga topshiriq va savollar beriladi. | Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Vazifalarni yozib oladi. |
Asosiy tushunchalar:
Hozirgi kungacha juda ko‘p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir.
Kalit so ‘zlar: internet brauzerlar: Opera, Chrome, Amigo, internet Explore.
Mavzuni yoritish.
O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. Ularga tarqatma test savollari tarqatiladi. Qo’shimcha ma’lumotlar berilib, mustaqil ish doskaga yozib qo’yiladi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Web-brauzerlar
Siz awalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanish- dingiz. Masalan, Word — matn, Paint — grafik ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga moijallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzer\ar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so‘z boiib, ko'rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Beniers-Li tomonidan ishlab chiqilgan boiib, nomi World Wide Web boigan.
Hozirgi kungacha juda ko‘p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar:
Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab boMdi. Shuning uchun Microsofl Intemet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rsatish;
Web-sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);
WWWdagi manzili bo‘yicha Web-sahifani chaqirish.
Internet Explorer dasturi interfeysi
Sarlavha satrida dastur (Microsoft Intemet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:
Har bir menyu ma’lum amallami bajarisliga mo‘ljallangan buyruq va ko‘rsatmalar majmuidan iborat. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Fayl menyusi orqali, asosan, Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yukJash), uni o‘z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo‘yish, Web-sahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.
Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallami bajarish mumkin.
KoTinish menyusi tarkibiga, asosan, dastuming ekrandagi ko‘ri- nisliiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib qo‘yish, shrift o‘lchami va kodlash usulini o‘zgartirish) amallar kiradi.
Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida o‘zingizga yoqqan yoki ko‘p foydalanadigan web-sahifalami saqlab qo‘yish, ularga yan- gilarini qo‘shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushiril- ganda avtomatik yuklanadigan web-sahifani tanlash, web-sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik va hokazo) uchun mo‘ljallangan.
Ma'lumot menyusi yordamida Microsoft Intemet Explorer dastu- ridan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.
Internet Explorer dasturining uskunalar paneli
Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo‘llanilsa, ba'zilari tez-tez qoilaniladi. Ko‘p qoilaniladigan amallami bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat boiib, har bir tugma maium amalni bajaradi.
Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan
Bu amallar, odatda, Internet Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.
Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida Internet tarmog‘idagi web-sahifa ochiladi va zarur bo‘lsa, qog‘ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo'yiladi.
Internet tarmog‘idagi web-sahifani ochish uchun Internet Explorer- ning manzillar satriga kerakli web-sahifa manzilini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Masalan, manzillar satriga www.googIe.ru deb yozib, ENTER klavishini bossak, bir necha soniyadan keyin ma'lumotlar oynasida ranibler.ru web-sahifasi paydo boladi. Xud- di shunday ketma-ket bir nechta web-sahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi «orqaga» va «oldinga» amallari yordamida ochilgan web-sahifalar bo‘ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan web-sahifaga o‘tish mumkin. Web-sahifaning haj- miga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko‘rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi «To‘xtatish» tugmasini bossangiz, web-sahifani intemetdan qabul qilish to‘xtatiladi va maMumotlar oynasida mazkur web-sahifaning o‘qib ulgurilgan qismi qoladi.
Ma’lumotlar oynasidagi web-sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi «chop etish» tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan web-sahifalarni «Tanlangan» papkasiga qo‘shib qo‘yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi «tanlangan» tugmasi bosiladi.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib savollar tuzib keling.
O’IBDO’: _________________________