СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"RABBIT" Uzbek folk children's game

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

As they play this game, the children hold hands in a circle. One of the children sits in the middle of the circle and plays the rabbit roll. The children hold hands around the rabbit as if they were spinning around a spruce tree and sing this song. What happened to my rabbit, my rabbit? You sit like a patient. A child playing the role of a rabbit in a row makes himself sick, leans back and forth, grabs his head, Barra had no grass, Or the snow. With his arms outstretched in the rows, he gathers breath into his stomach, rubs his stomach with his hands, and shows that his stomach is full. After that, your child: Just play, Just play, The "rabbit" jumps around like a rabbit and grabs one of the children tightly.

Просмотр содержимого документа
«"RABBIT" Uzbek folk children's game»

«QUYON»

O’zbek xalq bolalar o’yin qo’shtg’i

Bu o’yinni o’ynaganda bolalar doira shaklida qo’l ushlashib turishadi. Bolalardan bittasi davra o’rtasiga o’tirib oladi va u quyon rolint bajaradi. Bolalar quyonning atrofiga archa atrofmi aylanganday qo’l ushlashib, aylanishadi va shu qo’shiqni kuylashadi.

Quyonim, quyonim nima bo’ldi,

Kasalga o’xshab o’tiribsan.

Qatorlarida quyon rolini o’ynayotgan bola o’zini kasalga solib, u yoq bu yoqqa engashadi, boshini ushlaydi,

Barra o’tlar yo’qmidi,

Yo esa qorning to’qmidi.

Qatorlarida qo’llari bilan atrofida o’t yo’qligidan qorniga nafas to’plab, qo’llari bilan qornini silaydi va qornining to’qligini ko’rsatadi. Shundan so’ng bolalaming:

Bitta o’ynab ber,

Bitta o’ynab ber,

deb iltimos qilganlaridan so’ng «quyon» u yoq bu yoqqa quyonga o’xshab sakraydi va bolalardan birini mahkam ushlab oladi.

Birinchi kupletning oxirida ham u o’yinga unchalik ro’yxushlik beravermaydi.

Asarning ikkinchi kupletida yana birinchi kupletdagi dastlabki ikki qator aynan qaytarilganligi uchun u yana o’zini kasallikka soladi.

«Yoki birovdan qo’rqdingmi?

Yo hech hadiging yo’qmidi?»

qatorlarida avval u yoq bu yoqqa qarab xadiksiragan bo’ladi va bolalarning “Bitta o’ynab ber” deb iltimos qilganlariga ko’ra u quyonga o’xshab sakrab-sakrab o’ynay boshlaydi. Shu paytda bolalar uning raqsiga qarsak chalib turishadi. «Quyon» endi o’zi yoqtiradigan bolalardan birini tanlab ushlaydi va uni davraga tortadi. Endi o’rtaga tortilgan bola quyon qiyofasiga kiradi. O’yin davradagi barcha bolalar quyon rolini o’ynab bo’lmagunlaricha davom etaveradi. Hamma quyon rolini o’ynab oxiriga etkazganlaridan so’ng birgalikda qarsak chalishib o’yinni yakunlashadi. Bu o’yinda hamma bolalar faol ishtirok etadilar va «quyon» bo’lgan bolaning qiliqlarini ko’rsatib beradilar va uni o’z fikrini oshkora aytib beradilar. Hazil mutoyiba gaplar aytishadi. Bu qo’shiqni kuylaganda har gal bolalarning birday hamjihat bo’lib kuylashlariga va kupletlar oxirida «bitta o’ynab ber» so’zining iltimos ohangida bo’lishiga va uchraydigan sof kvarta intervalining to’g’ri kuylanishiga alohida e’tibor berish lozim bo’ladi. Sinfda qo’shiqni kuylaganda o’quvchilardan 5-6 tadan doska oldiga chiqarib o’yinni jonli bajarishlariga imkon berilsa, yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’quvchilarga beriladigan savollar:

l. Quyonim o’yini qanday o’ynaladi?

2. Quyon bo’lgan bola nima qilishi kerak?

3. Qolgan bolalarchi?

4. “Bitta o’ynab ber” so’zini kuyiaganda metodik matn nima uchun sof kvarta yuqoriga ko’tariladi?

5. Sizlar ham quyon boqasizlarmi?