СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

O'nli kasrlarni qo'shish va ayirish

Категория: Математика

Нажмите, чтобы узнать подробности

o'nli kasrlarni qo'shish va ayirisho'nli kasrlarni qo'shish va ayirish

Просмотр содержимого документа
«O'nli kasrlarni qo'shish va ayirish»

Tasdiqlayman_____________
maktab direktori D.X.Magrupova

Toshkent shahri Yunusobod tumani 96-maktab matematika fani o’qituvchisi To’xtaboyeva Muattarning matematika fanidan 5-sinf ucnun

mavzusiga doir 1-soatlik







TOSHKENT -2019

Sana: 14.02.2019

Mavzu: O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O`quvchilarda o`nli kasrlarni qo`shish va ayirish malakasini oshirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarning matematika faniga qiziqishlarini orttirish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni intelektual salohiyatini oshirish,ularning og`zaki va yozma hisoblash malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: Mustahkamlovchi.

Dars metodi: Guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: Ko`rgazma, kompyuter, masalaga doir rasm, kartochkalar va baliqchalar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Salomlashish. Matematika darsiga doir she`r aytiladi :

Matematika fanlar sultoni,

Ximiya, fizika unga egizak.

O’zbek olimlarning hissasi

Fanlarning ko’ksiga qo’yilgan bezak.

Navbatchi o`quvchi axboroti tinglanadi. Uyga vazifa daftarlari yig`ib olinadi

Darsimiz shiori: Takrorla biliming gar bo`lsa ummon,

Ilming-la go`zaldir bu ikki jahon.







O`tilgan mavzuni so`rash:

1) Qanday sonlarni o`nli kasr ko`rinisida yozish mumkin?

2) Onli kasrning butun va kasr qismi nima bilan ajratiladi?

3) Kasr deb nimaga aytiladi? 4)Birga teng bo`lgan o`nli kasrga misol yozing.

5) Sonlarni o`nli korinishda yozishning qanday afzalliklari bor?

6) O`nli kasrlar qanday taqqoslanadi?

Yangi mavzu bayoni.

O`nli kasrlar haqida ma`lumotga ega bo`ldik endi ularni qo`shish va ayirish bilan tanishib chiqamiz.

Masalan 4,5 va1,23 kasrlarni qoshish va ayirishni qaraymiz.

a) 4,5 va1,23 o`nli kasrlarni qo`shish uchun: 1- ularning verguldan keyingi raqamlari sonini tenglashtiramiz 2- ustun qilib, vergul tagiga vergul tushadigan qilib yoziladi 3- vergulga e`tabor bermasdan qo`shiladi 4- hosil bo`lgan songa tepadagi o`nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo`yiladi. 4,50 + 1,23 = 5,73 b) 4,5 va1,23 o`nli kasrlarni ayirish uchun: 1- ularning verguldan keyingi raqamlari sonini tenglashtiramiz 2- ustun qilib, vergul tagiga vergul tushadigan qilib yoziladi 3- vergulga e`tabor bermasdan ayriladi 4- hosil bo`lgan songa tepadagi o`nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo`yiladi. 4,50 - 1,23 = 3,27

O`quvchilarni to`rt guruhga bo`lib olamiz va guruhlarni sayyoralar nomi bilan bomlaymiz.( Masalan: Mars, Venera, Saturn, Yer.) Darsimiz bosqichlari:

1)Savol-javob 2) Tez va to`g`ri hisobla 3) Matematik diktant

4) Mustaqil fikr yurit 5) Maqolni to`ldir. 6) Baliq ovi

Savol-javob: Har bir guruhga bittadan savol beriladi.

1.O`nli kasrlarni qanday qo`shamiz?

2. O`nli kasrlarni qanday ayiramiz?

3 O`nli kasrlarni ustun shaklida ayirishga misol yozing.

4. O`nli kasrlarni ustun shaklida qo`shishga misol yozing.

Mustahkamlash

Tez va to`g`ri hisobla: 5-sinf darsligidan 10-11-misollarni guruhlar doskada bajarishadi.

10-misol.Amallarni bajaring.

1-guruh a) 2,6 + 3,8 + 3,7 – 0,5 J: 2,6 + 3,8 + 3,7 – 0,5= 6,4 + 3,7- 0,5 = 2,2

2-guruh b) (6,5 – 2,3) + (3,1 -2,5 ) J: (6,5 – 2,3) + (3,1 -2,5 ) = 3,2 + 0,6 = 3,8

3-guruh d) 18- ( 1,5 + 0,04) - 6,56 J: 18 – 1,54 -6,56 = 16,46 – 6,56 = 9,9

4-guruh e) ( 3,09 + 4,08) – ( 23 – 20,7) J: ( 3,09 + 4,08) – ( 23 – 20,7) = 7,17 – 2,3 = 4,87

Har bir to`g`ri yechilgan misol uchun guruhga 5 ball beriladi. 11-misol. Bu qaysi sonning xona birliklari bo`yicha yoyilmasi? a) 0,4 + 0,06 +0,009 b) 0,1 + 0,006 + 0,0003 d) 8 + 0,5 + 0,01 + 0,005 e) 4 + 0,1 + 0,02 +0,0004 f) 20+ 2 + 0,3 + 0,007 g) 50 + 6 + 0,06 +0,007 YECHISH: a) 0,4 + 0,06 +0,009 = 0,469 b) 0,1 + 0,006 + 0,0003 = 0, 1063

d) 8 + 0,5 + 0,01 + 0,005= 8,515 e) 4 + 0,1 + 0,02 +0,0004 =4,1204

f) 20+ 2 + 0,3 + 0,007 = 22,307 g) 50 + 6 + 0,06 +0,007 = 56,067

Matematik diktant: 1,24; 0,089; 34,05; 578,56; 2,123; 7,03; 1,203.

Bir o`quvchi misolni doskada bajargunga qadar guruhlarga tarqatma savollar beradi. Guruhdagi qolgan o`quvchilar shu savolning yechimini topadi va qo`l ko`tarib javob beradi.

SAVOLLAR: 1sm = …dm 5sm = …dm 6sm = …dm 2sm = …dm

1mm = …m 8mm = …m 51mm = …m 89mm = …m

1g = …kg 10g = …kg 11g = …kg 7g = …kg

1kg=…t 8kg=…t 9kg=…t 4kg=…t

Mustaqil fikr yurit:Guruhlarga sonli labirint beriladi. Tashqi aylanada turgan sonlarga ichki aylanada turgan qaysi sonni qo`shsa markazdagi son hosil bo`ladi. Bir o`quvchi masalani doskada bajargunga qadar, har bir guruhga bittadan maqol beriladi. Bir o`quvchi nuqtalar o`rniga tushurib qoldirilgan sonlarni qo`yib maqolni o`qiydi.

Maqolni to`ldir: Maqollar.

1) …..yil tut ekkan kishi, ….. yil govhar teradi. 2) Ilmsiz ….. yashar ilmli….. yashar.

3) …..ni birov beradi, …..ni mehnat beradi. 4) Bilagi zo’r …..ni yiqitar, bilimi zo’r …… ni.

Baliq ovi: Bunda rangli qog`ozlardan baliqchalar qirqib olinadi va orqasiga misol yozigan varaqcha qistirgich bilan qistiriladi. Qarmoqning uchiga esa magnet maxkamlanadi. Har bir guruhdan o`quvchilar chiqib baliq ovlashadi va ovlangan baliqchaning orqasidagi misolni doskada bajarishadi.

Misоllar:

1)12,23+ 0,4 2)4,67+ 3,22 3)5,789+0,11 4)5,7809+ 2,1 5)76,45+4,12

7) 12,44- 0,4 8) 4,67- 3,22 9) 5,789-0,11 10) 5,7809- 2,1 11) 76,45-4,12 12) 34,608- 2,34 13) 0,78+0,68 14) 7,0098-0,1111 15) 12,12-1,56 16) 5,7-3,2

O`quvchilar bajargan misollаrning to`g`riligi tekshiriladi vahar bir to`g`ri bajarilgan misol uchun 5 ball, xato bajarilgani uchun esa guruh balidan 1 ball olib tashlanadi. Nihoyat barcha shartlar bo`yicha guruhlarning to`plagan ballari hisoblab golib guruh aniqlanadi, o`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Darsda yaxshi ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi va uyga vazifa beriladi.

Uyga vazifa : 20-21-misollarni yechish.