Sana:
Sinf : 3 –sinf
Fan: Odobnoma
Mavzu: Kasblar olami.
Darsning maqsadlari:
a)ta’limiy:Kasblar haqida ma’lumot berish. Inson baxtli va farovon yashashi uchun albatta biror kasb yoki hunarni mukammal egallashi, shu kasb orqali oilasiga va Vataniga foyda keltirishi lozimligini tushuntirish.
b)tarbiyaviy:O’quvchilarga kasb - hunar egallashga ishtiyoq va rag’bat uyg’otish.
s)rivojlantiruvchi: Kasb-hunarga yo’naltirish, o’zlari egallamoqchi bo’lgan soha haqida muayyan tasavvur va tushuncha hosil qilish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari:
| Metod | Suhbat, hikoya, didaktik o’yinlar, munozara.Pantomima,kim chaqqon,beshinchisi ortiqcha. |
| Shakl | Noana’naviy dars, jamoa bo’lib ishlash, guruh bilan ishlash, yakka ishlash. |
| Jihoz | A. 3 -sinf odobnoma darsligi, qoshimcha adabiyotlar. B. Texnik vositalar: videoproektor, ekran C. Plakatlar, suratlar, tarqatma materiallar, doska bo’r. |
| Nazorat | O’quvchilarning darsda fa’oligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. |
| Baholash | O’quvchilar bahosi dars oxirida e’lon qilinadi. |
Darsning jarayoni va texnologiyasi:
| t\r | Darsning bosqichlari | Vaqti (min) | O’qituvchi faoliyati | O’quvchi faoliyati |
| 1 | Tashkiliy qism | 3 | 1.Sinfning tozaligiga e’tibor beriladi. 2.Salomlashadi. 3.Davomotni aniqlaydi. 4.O’quvchilarni ruhan tayyorlanadi. 5.O’quvchilarni guruhlarga ajratiladi. 6.Allomalarimiz hayotidan so’zlaydi. | 1.O’qituvchi bilan salomlashadilar. 2.Darsga tayyorgarlik ko’radilar. |
| 2 | O’tilgan mavzuni so’rash va xulosalash | 8 | O’qituvchi o’tilgan mavzuni “Beshinchisi ortiqcha”, o’yini yordamida so’raydi.Hikmatli so’zlar so’raladi Oqituvchi o’quvchilarning bergan javoblarini xulosalaydi, yakunlanadi va baholanadi. | O’quvchilar nazorat topshiriqlariga fa’ol qatnashadilar. Bergan javoblariga ko’ra baho oladilar. |
| 3 | Yangi mavzuni bayoni | 10 | Ko’rgazmali og’zaki, suhbat usulida tushuntiriladi, Yangi mavzuni o’quvchilar mustaqil o’zlashtirishlari uchun mavzuga mos slayd ko’rsatiladi. | O’qituvchi maruzasini tiglaydilar va kerakli ma’lumotlarni daftarlariga yozadilar. O’qituvchi hamkorligida va o’zlari mustaqil o’zlashtiradilar. |
| 4 | Dam olish daqiqasi | 5 | Kasblar o’yini sahnaviy namoyish. |
| 5 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 12 | O’qituvchi o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini “Klaster” yordamida baholaydi. | O`quvchilar berilgan nazorat topshiriqlarini guruhlarga bo`lingan holda sahnaviy namoishiorqli bajaradilar. |
| 6 | Baholash | 3 | 1.O’tilgan mavzu bo’yicha xulosalanadi. 2.O’quvchilar baholanadi. 3.O’quvchilarning darsda erishgan natijalarini izohlaydi va e’lon qiladi. | 1.Yangi mavzuni o’qituvchi yordamida xulosalaydi. 2.Olgan baholari bilan tanishadilar. Kundalik daftallariga qo’ydiradilar. |
| 7 | Uyga vazifa | 2 | Mavuni o’qib kasb-hunar haqida maqollar yozib yodlab kelish | Uyga vazifani belgilab oladilar va yozadilar. |
Fanlararo bog’lanish:Oqish, mehnat, atrofimizdagi olam, matematika, ona tili, musiqa.engliz tili
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
1)salomlashish;
2)sinfning gigienik holatiga e’tiborni qaratish;
3)davomotni aniqlash;
4)o’quvchilar e’tiborini darsga jalb etish;
O`quvchilar 3- guruhga bo`linadi:
1. Kasb, 2. Hunar, 3. Mehnat.
Har bir guruh o’z guruhlarini shiorini aytadi
1.Kasbi bo’lsa kishining, o’zi yurishar ishining.
2.Hunarli kishi xor bo’lmas, do’stu dushmanga zor bo’lmas.
3. Mehnat qilib topganing, qandu asal totganing.
II. Uyga bajarilgan topshiriqlar yuzasidan o`quvchilar bilimini aniqlash: “Beshinchisi ortiqcha ” metodi orqali amalga oshiriladi.
1 -Dono,aqlli,nodon,bilimli,ziyrak.
2-Odobli,axloqli,xushmuomala,tartibli,qizg’anchiq
3-Rostgo’y,xushfe’l,kamtarin,maqtanchoq,tadbirkor.
4-Yolg’onchi,bilimli,zehnli,intiluvchan,saxiy.
5- To’g’riso’z,qaysar,zukko,intizomli,odobli
O’tgan mavzuga oid hikmatli so’zlar so’rash
O`quvchilarning javoblarini inobatga olib o`qitvchi tomonidan xulosalanib o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzuning bayoni:
Aziz bolajonlar bugungi mavzumizni otgan mavzuni davomi desak adashmaymiz chunki inson sog`lom bo`lsa kasb-hunar o`rganishga harakat qiladi.
Dunyoga kasb-hunar ko`p. Hayotda har bir kasbning o`ziga yarasga o`rni, ahamiyati bor. Ota-bobolarimiz “Hunarli hunar”, “Hunarli kishi xor bo`lmas”, “Husniga emas, hunariga boq”, “Biryigitga qirq hunar oz”, degan maqollarni bot-bot takrorlashgan. Boylikni bir soniyada yo`qotish mumkin. Lekin bilim va hunarni hech kim tortib ololmaydi. Inson eng qiyin vaziyatlarda ham o`z hunarini ishga solib, qiyinchilikni yengishi mumkin.
Nonvoy xalq dasturxonini to`yimli va shifobaxsh nonlar bilan ta`minlasa, shifokor bemorlarni davoyladi. Haydovchi odamlarning uzog`ini yaqin qilsa, dehqon el dasturxoniga shirin-shakar, qovun-tarvuzlar, don mahsulotlari va sabzavotlar yetkazib beradi. Chevar xushbichim kiyim-kechaklar tikadi, me`mor yurt ko`rkiga ko’rk qo`shuvchi mahobatli binolar quradi.
Tasavvur qiling, jamiyatdagi qaysidir kasb yoki hunar bo`lmasa, qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin? Agar haydovchi bo`lmasa, odamlar ishga, o`qishga o`z vaqtida yetib olishlari amrimahol. Farrosh vazifasini bajarmasa, ko`cha va jamoat joylarida sarishtalik bo`lmaydi.
Demak, hayot maromida borishi uchun har bir inson o`z kasbini sidqidildan bajarishi lozim.
Kasb-hunarning yomoni bo`lmaydi. Muhimi,inson o`z ishini puxta egallashi va mehnati bilan el-yurtga, oilasiga naf keltirishidir.
| Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmiy qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming - minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. “Temur tuzuklari”dan |
Kim chaqqon o’yini :Guruhlardan 2 tadan ishtirokchilar chiqib,kasblarni zamonaviy va yangi kabi nomlarga ajratadilar.Bu o’quvchilar vazifani bajarguncha qolgan ishtirokchilar kasblarni vazifasini yozadilar.
IV. Dam olish daqiqasi:
Pantomima o’yini: o’quvchilar quyonvoy bekitgan so’zlarni o’z guruh azolariga ko’rsatib berishlari lozim.
V.Mavzuni mustahkamlash va o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish darajasini tekshirish:
Yangi mavzuga oid o’quvchilar “Kim bo’lsam?” mavzusida sahna namoyish qiladilar.
Sinfdoshlar kasblar to’grisida bahslashib turgandilar birdan Laziz o’rtaga chiqib: Bilasizlarmi ehg zo’r kasb me’mor kasbi. Men katta bo’lsam me’mor bo’laman, ulkan uylar quraman: - dedi. Shahzoda esa: E yo’q eng zo’r kasb o’qituvchilik kasbi. Men katta bo’lsam o’qituvchi bo’laman bolalarga ta’lim tarbiya beraman: - dedi. Bahsga Ulug’bek aralashdi. Eng zo’r kasb haydovchilik kasbi u odamlarni uzog’ini yaqin qiladi. Men katta bo’lsam haydovchi bo’laman hammani kerakli joyiga, o’qishiga, ishiga vaqtiga yetkazib qo’yaman: - dedi u.
Birov tikuvchilikni, birov oshpazlikni, yana birov shifokorlikni eng zo’r kasb ekanligini uqtirdi. Qani aytingchi, Siz kim bo’lishni istaysiz?
Oquvchilar yoqtirgan kasblar uchun yodlangan she’rlarini aytib beradilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun kompuyterdan slayd ko’rsatiladi. Slayd tugagach o’quvchilar o’z fikrlarini aytib, o’zaro suhbat, savol- javob qiladila.
Dars oxirida o’qituvchi guruhlarga oltin baliqcha beradi,o’quvchilar baliqchadan o’z niyatlari ijobatini so’raydilar.
So’ng o’qituvchitomonidan o’quvchilarga tilaklar bildirib quyidagi sher aytiladi:
-Bo’lay desang bog’bon,yo vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang niyat,bariga o’qish kerak.
O’quvchi sendan talab,
Maktabga bor ertalab.
Kasb - hunar va bilim haqida hadislar
Odamlarning yaxshisi - odamlarga foydalirog’idir.
Ilm o’rganish har bir m’omin uchun farzdir.
Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir.
Sadaqaning afzali ilm o’rganib, so’ng uni boshqalarga ham o’rgatishdir.
VI.Yakuniy qism:
-- Bilimlar umumlashtiriladi;
-- O’quvchilar bilimi izohli baholanadi;
-- Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi;
-- O’quvchilardan dars yoqqan, yoqmaganligi so’ralib xulosa chiqariladi.
VII. Uyga vazifa:
Mavzuni o’qib kasb - hunar haqida maqollar yozib yodlab kelish.
Fan o’qituvchisi Ramazonova Maxfuza
Romitan tuman XTB ga qarashli 33-maktab Mig’ va Ma fani o’qituvchisi
Ramazonova Maxfuzaning
Odobnoma fanidan