Buxoro viloyati Romitan tuman
33- maktab Odobnoma fani o’qituvchisi
Ramazonova Maxfuzaning 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi.
Sana:
Sinf:3-A
Fan:Odobnoma
Mavzu:Mehnat inson hayotini bezaydi.
Shior: Mehnatdan kelsa boylik,
Turmush bo’lar chiroylik.
Darsning maqsadi: Ta’limiy Inson hayotining go’zal va farovon bo’lishida ,jamiyat taraqqiyotida mehnatning o’rni beqiyos ekanini o’quvchilarga anglatish.
Tarbiyaviy –O’quvchilarning mehnatga nisbatan ijobiy va ijodiy munosabatni
shakllantirish, mehnatsevarlikka o’rgatish.
Rivojlantiruvchi-O’quvchi –yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish ,ularda bunyodkorlik va yaratuvchilik tuyg’usini kamol toptirish.
Kompetensiya: Mehnatkashlik va dangasalik . Mehnat insonni kamolga yetkazadi.
Dars turi: Yangi tushuncha , bilimlarni shakllantirish ,o’quvchilarning bilim , ko’nikma va malakalarini
rivojlantirish.
Dars metodi: savol –javob ,suhbat,”Tushunchalardan matn yaratish” metodi.
Dars jihozi:Darslik,yozuv taxtasi,allomalarning odob axloqqa oid kitoblar mavzuga oid rasmlar va slaydlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:a )Salomlashish
b)o’quvchilarni darsga tayyorlash
d)navbatchi axboroti tinglash.
e)Fasllar haqida
g) DTS talablari haqida so’raladi.
II.O’tgan mavzuni so’rash :
2-chorak davomida o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilarni 3-guruhga bo’lamiz O’quvchilar o’zguruhi nomini hosilqilishlari kerak.
1-guruh Qor parchasi shaklidagi savollar tarqatiladi.
1Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan
2.Vatan- so’ziga tarif bering.
3. Vatanimizdagi tarixiy obidalar ayting
4”Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonun qachon qabul qilingan.
5.Saxiy inson deb biz qanday insonni ayta olamiz.
6.Insonni ko’rki bu ......
7 Buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz.
8.”Qiyosi yo’q “she’ridan parcha ayting.
2-guruhga Qorbobo rasmini hosil qilishlari kerak.
1.Qaysi qatordagi javoblarda tarixiy obidalar to’g’ri ko’rsatilgan?
A) qishloq va shaharlar S)qadimiy bino va inshootlar
B)maktab va litseylar D)daryo va kanallar
2.Registon maydoni qaysi shaharda joylashgan?
A)Buxoroda S)Xivada
B)Samarqandda D)Toshkentda
3.Minorai Kalon –qanday ma’noni anglatadi va u qaqysi shaharda joylashgan.
A)Katta Minora-Buxoroda S)Qadimiy Minora-Samarqandda
B)Baland Minora_Xivada D)Kichik Minora-Buxoroda.
4.Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida kimning maqbarasi joylashgan.
A)Bahouddin Naqshbandiy S)Alisher Navoiy
B)Imom Termuziy D)Imom Buxoriy
5. Hilola qanday qiz edi?
A) Baxilqiz D)Ociq ko’ngil
B)saxixiy qiz E) Maqtanchoq
6.Hadislarni to’plab targ’ib etgan bobokalonlarimiz berilgan qatorni topig?
A)Alisher Navoiy, Imom Buxoriy
B)Amir Temur, AlXorazmiy
D)Imom Buxoriy, Imom Termuziy,Imom Motrudiy
E)To’g’ri javob yo’q
7.Keksalarning duosi”hikoyasidagi Nodir Zokir do’stiga nima dedi?
A)O’ynaymiz D)Kitob o’qiymiz
B)Ishlaymiz E)Onaxonga yordam beramiz.
8. “Pasport “so’zining ma’nosi?
A)Ilm
B)Fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat
D)Bilim olish
E)Qonun
9.”Kabutar” hikoyasi qaysi shoirning asaridan olingan.
A)Amir Temur D)Alisher Navoiy
B)Buxoriy E)Bobur
3-guruh Archa shaklini hosil qilish
O”quvchilarga bilgan moddalarni raqimini yozib aytib berishlari kerak .
III.Yangi mavzu bayoni:
Maqollar ekranda namoyish qilinadi.
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
********
Halol mehnat- yaxshi odat ,
Berur senga saodat.
*********
Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam,
Odam- mehnati bilan.
********
Bir kishi ariq qaziydi,
Ming kishi suv ichadi.
********
Gapni kam so’zla ,
Ishni ko’p ko’zla.
Mehnat inson hayotini bezaydi. Biz ishlatayotgan bu buyumlar , kiyimlar, iste’mol qilinadigan taomlar-barchasi kimningdir mehnati tufayli yuzaga keladi.
Insoniyat qo’li – gul. U istasa, toshda gul undirishi ,oddiy loydan bejirim buyumlar yasashi mumkin.
Dangasalik –yomon illat. Dangasa inson hech qachon maqsadiga erisha olmaydi. -lug’at ishi: Mehnat qilgan inson hech qachon qiynalmaydi. Bobolarimiz aytganlaridek Hunarli kishi xor bo’lmas.
Toshni kesgan arqon
Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino bolalik chog’ida matematikani uncha yoqtirmas ekan. Chunki u bu fanni juda qiyin deb hisoblar ekan.
Bir kuni ibn Sino qir adirda ketayotib quduqqa duchkelibdi. Chanqog’ini qondirish maqsadida quduqqa chelak tashlabdi. Suvni tortib olar ekan quduq og’zidagi marmar gardishga e’tibor beribdi.Gardish chelakka bo’langan arqonning sirg’alishidan yeyilib ketgan ekan. Ibn Sino xayolga tolibdi:
-Arqon yumshoq bo’lsa , qanday qilib mustahkam marmar toshni kesishi mumkin?Demak,har qancha qiyin bo’lmasin,biror ishni uddalash uchun g’ayrat- shijoat,sabr-matonat bilan tinimsiz mehnat qilish kerak ekan-da! Men matematikani tushunmayman ,agar harakat qilsam ,albatta o’rganib olaman.
Shunday qilib,alloma matematikani to’la –to’kis o’zlashtiribdi.
Ibn Sino har gal qiyin ishga duch kelgan paytda marmarni kesgan arqonni esga olar ekan.
2ta oquvchi bilan birgalikda” Toshni kesgan arqon “ hikoyasini sahna ko’rinishi qo’yishadi.
3ta guruhga
1-guruhda Odobning turlari
2-guruhga Bolalarning huquqlari
3-guruhga Bolalarning burchlari doskada yozishlari kerak.
Dam olish daqiqasi: Bunda 3 guruhdan 3ta o’quvchi chiqib o’tilgan mavzular allomalarimizning hadislaridan aytishadi
IV. Darsni mustahkamlash.
Darsni mustahkamlash maqsadida : “Mehnat, mehnatsevarlik,dangasa, ishyoqmas,baxt-saodat,kulfat”so’zlar yozilgan oq qog’ozlar tarqatiladi.O’quvchilarimiz berilgan so’zlar ishtirokida kichkina matn yaratishlari kerak.
V.Monitoring va baholash: Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi va rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Darsda berilgan matnni o’zlashtirirish. Zafar Diyorning “Mehnat qo’shig’i”she’rini yod olish.
Mehnat- sharafshon ekan,
Mehnat- hayot va rohat.
Yashamoqni istagan
Ko’rsatgusi mahorat.
*****
Shon-shuhratga ko’milur,
Har kim halol ishlasa .
Og’ir yumush yengilur
G’ayrat oti kishnasa.
[Введите текст]