СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

8-dekabr tadbir ssenariy

Категория: Право

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«8-dekabr tadbir ssenariy»

Baxtimiz qomusi


Konstitutsiya kuni munosabati bilan o’tkazilgan bayram dasturi




1 – boshlovchi:

Mag’rur boshim egib

Sizga ta’zim qilaman

Ozod Vatan bag’rida

Yoshlik zavqin suraman


2- boshlovchi:

Boshimizda keng osmon

Bo’lsin doim musaffo

Ona Vatan hurlikda

Yagonasan sen tanho


1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar

2 – boshlovchi: Assalomu alaykum, sinfdosh do’stlar


1 – boshlovchi: Sizlarni davramizda ko’rib turganimizdan g’oyatda xursandmiz

2 – boshlovchi: Xush kelibsiz, aziz mehmonlar



1 – boshlovchi:

Ustozlar murabbiylar

Assalomu alaykum

Bo’ling umri boqiylar

Assalomu alaykum

2 – boshlovchi:

Bugun sizni chorladik

Ushbu zal koshonaga

Qomusimiz baxt bergan

Har inson har xonaga


1 – boshlovchi: Darhaqiqat bugungi tantanali tadbirimiz “Baxtimiz qomusi”ga bag’ishlanadi


2 – boshlovchi: Chunki 8 – dekabr kuni hammamiz uchun sevimli bo’lgan “Konstitutsiya kuni”ni nishonlaymiz. Shu munosabat bilan biz bugun sizlarga O’zbekiston Respublikasi haqida hikoya qilib bermoqchimiz


(Madhiya kuylanadi)

Qomusimni bugun bilmoq istadim

Har moddasin dilga solmoq istadim

Qomus erur qonunlarning to’plami

Qonunlarni dildan tuymoq istadim


Qomus berdi huquqimni burchimni

Shon – shuhrati oshsin doim yurtimni

Qonunlarni agar yaxshi o’rgansam

Albat yetar, qayga cho’zsam qo’limni


1 – o’quvchi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasini Oliy Kengashining 12 – chaqiriq 11 – sessiyasida qabul qilingan


2 –o’quvchi:

Konstitutsiyamiz 6 ta bo’lim 26 bob 128 ta moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va burchlari aniq belgilab berilgan


3 – o’quvchi:

2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan


4 – o’quvchi:

Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim bilim olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari nazoratdadir”, deb yozib qo’yilgan


5 – o’quvchi:

65 – moddada onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deya belgilab qo’yilgan


Yashna yuksak diyorim


Yashna yuksak diyorim

Sensen baxtim bahorim

Madhing qo’shib kuylamoq

Ko’nglimdagi shiorim

Go’zal gulshan bog’laring

Go’zal ulkan tog’laring

Dilga orom beruvchi

Nurafshon har yoqlaring

Sen tandagi jonimsan

Tomirdagi qonimsan

Mehring yashar qalbimda

G’ururim ham shonimsan



1 – boshlovchi: Endi navbat sahna ko’rinishiga


(Sahnaga Dono bobo va 6 nafar qiz chiqadi)




Dono bobo: Assalomu alaykum bolajonlarim. Men kelayotib sizlarning Vatan haqidagi chiroyli she’r o’qiyotganingizni eshitib qoldim. Bugun sizlarga davlat ramzlari haqida so’zlab beramiz (BAYROQ)


Moviy libos kiygan qiz: Men moviy rang bo’laman – yurt osmonim bir parchasi. Bu olamda tinchlik bo’lsin deganidir


Qizil libos kiygan qiz: Men qizil rangdirman. Bamisoli tanimdagi oqqan toza qondirman. Hamma – hammani Vatan bayrog’i ostida yashashga, mehnat qilishga va kurashga chaqiraman.


Oq libos kiygan qiz: Men oqrangdirman. Yasharish, yashnatish, ertangi kunga ishonish degani. Orzularim buyuk, yuragim doim yashnab tursin.


Boshida oymomo kiygan qiz: Oymomoman, oymomo.

Ko’rinishim 3 yoki 4 kunlidir.

Niyatlarim odamlarda to’linlikdir.

O’y sursalar, o’ylariga sirdoshman,

Yo’l yursalar, yo’llariga izdoshman


Boshiga 12 yulduz taqqan qiz:

12 yulduz – 12 oymiz, jamlasangiz bir yilga joymiz.

Kim qanday yashaydi, yaxshimi yomon

Hech ikkilanmay baholaymiz.

Biz aks etgan yurt bayrog’i ham o’zi ham dunyo turguncha tursin deymiz




O’zbekiston bayrog’i

Havo rang oq va yashil

Bordir qizil belbog’i

Shuning uchun chiroyli

O’zbekiston bayrog’i


O’n ikki baxt yulduzi

O’ziga xo’p yarashar

Unga dunyo xaqlari

Havas bilan qarashar


Mustaqil yurt deb atar

Yer yuzining har yog’i

Bizga juda mo’tabar

O’zbekiston bayrog’i

















Baxtimiz qomusi