Mavzu: Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi. “Iskandar Zulqarnayn “ ertak-dostoni
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy:o’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan ma’lumot berib,bilim, ko’mikma va malakalar hosil qilish;
b)tarbiyaviy: o’quvchilarni ajdodlarimiz kabi mardlik va jasurlik ruhida tarbiyalab,tog’riso’zlikka, haqiqatparvarlikka o’rgatish
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning nutq madaniyatini oshirib,mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish,tafakkur olamini kengaytirish,
Dars turi:noan’anaviy
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: savol-javob,suhbat,hikoya,sahnalashtirish,ifodali o’qish,interfaol metodlar.
Dars jihozi: AKT,slaydlar, rangli rasmlar, portret, buklet,sahna uchun jihozlar,tarqatmalar.
Dars rejasi:
I.Tashkiliy qism
Guruhlar taqdimoti
II.III. Uyga vazifa va yangi mavzu:
Birinchi guruh:M.Shayxzodaning hayoti va ijodi .
Ikkinchi guruh:”Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostoni haqida.
Uchinchi guruh:Ertak-dostonning sahnalashtirilishi.
To’rtinchi guruh: “Rasmlarda aks etgan asar” izohi bilan
IV.Mustahkamlash
“Ikki qismli kundalik”
2)”To’liqsiz maktub”
3)”Tushunchalar tahlili”
4)”Shakllar so’zlaganda”
5)”Anogramma”(“Ortiqchasini top”)
6)”Bumerang”
7) “Aqliy hujum”
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism :
1)Davomat
2)darsga tayyorgarlik,shior,baholash tizimi.
She’riyat diorin shoirlarimiz
Har uy, har ko’ngilga baytlar bo’lsa yor
Elga dastyor bo’lsa sherlarimiz-
Demakki umrimiz o’tmabdi bekor.
Biz har yili ulug’ bobokalonimiz buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiy sharafiga bag’ishlab adabiy kechalar o’tkazar ekanmiz,u zot ta’riflab:”G’azal mulkining sultoni “,- deb ataymiz.Ana shu fikrni ilk bor qo’llagan ijodkor shoir Maqsud Shayxzoda bo’ladi. Bugun mavzumiz Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi. “Iskandar Zulqarnayn “ ertak-dostoni dars guruhlariga bo’lingan holda o’tkaziladi.
Birinchi guruh:”Maqsud Shayxzoda” .
Ikkinchi guruh:”Iskandar Zulqarnayn”
Uchinchi guruh: “Mirzo Ulug’bek”.
To’rtinchi guruh: “Jaloliddin Manguberdi”
II.III. Guruhlarga uyga vazifa berilgan:
Birinchi guruh:M.Shayxzodaning hayoti va ijodi .
Ikkinchi guruh:”Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostoni haqida.
Uchinchi guruh:Ertak-dostonning sahnalashtirilishi.
Sahna tugagach ustoz asarning xulosasini tushuntirib o’tadi.Asar muallifi mashhur rivoyatni she’riy shaklda yozarkan,dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik yashirmang, u baribir bir kun oshkor bo’ladi, degan ibratli go’yani ilgari suradi.Bu fikrni biz ertakda sizni oshkor etgan nay misolida, uning mohiyatidagi ramziy ma’noda anglaymiz.
To’rtinchi guruh: “Rasmlarda aks etgan asar” izohi bilan
-Biz “ Iskandar Zulqarnayn ‘’ ertak-dostonini rasmlarda aks ettirar ekanmiz hayolimizda tinmay bir qo’shiq yanradi. Ya’ni Iskandar bo’ladimi, Chingizxon-u terroristlar bo’ladimi, yurtimiz o’g’lonlari kelajakda bizning o’zimiz ham Vatanimizni himoya qilamiz , ko’z qorachig’imizdak asraymiz
“Mendirman o’sha” qo’shig’i. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi kelib qo’shiladi
IV Mustahkamlash:
1)“Ikki qismli kundalik”
| I-guruh: Har kun, har kun kelardi, Shu edi uning ishi, Dunyoda ikki kishi Mudhish sirni bilardi. II-guruh: Bosilganda panjasi, Naydagi pardalarda, Zo’r berib o’pkalarga, Chiqmabdi natijasi Faqat naydan bir ovoz: -Voy dod, dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi! III-guruh: Shunday xizmat qilib nay Ochilibdi shoh siri, Laqabning yana biri To’qilibdi ko’p o’tmay Iskardarni-Zulqarnayn O’sha chog’dan hamma der Ya’niki – qo’sh shoxli er. | |
2)”To’liqsiz maktub”
-…….. , dunyolar ….
Iskandarning ….. shoxi!
Hadeb qilibdi …….
……. hayron qolibdi:
Iskandar emas …… ,
Negadiг boshda ……… ?!
3)”Tushunchalar tahlili”
| Doston | |
| Xalq dostonlari | |
| Adabiy dostonlar | |
| Ertak-dostonlar | |
4)”Shakllar so’zlaganda”
Savolning javobini shakl orqali ifoda etish:
Birinchi guruhga: Jahon adabiyotida ertak-dostonlarning ajoyib namunalarini yaratgan shoirlar?
Ikkinchi guruh: O’zbek adabiyotida ertak-doston janrining rivojiga munosib hissa qo’shgan shoirlar?
5)”Anogramma”(“Ortiqchasini top”)
Uchinchi guruhga: Maqsud Shayxzodaning ilk she’riy to’plamlari:
“O’n she’r”, “Undoshlarim”, “Jumhuriyat”, “Uchinchi kitob “, “ Ko’klam”.
To’rtinchi guruh: Maqsud Shayxzodaning urushdan keyingi yillarda yaratilgan she’riy to’plamlari:”O’n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”,” Ko’klam ‘’, “Zamon torlari” , “Shu’la”, “Chorak asrdevoni”
6)”Bumerang”
Guruhlar bir birlariga savol beradilar.
7) “Aqliy hujum”
V. Xulosalash
VI.Baholash: guruhlarning ballari hisoblanib, o’quvchilar baholanadi
VII. Vazifa. Test tuzib kelish