СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “23-дарс. MS ACCESS 2010 нинг асосий элeмeнтлари ва май-донлар хусусияти” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “23-дарс. MS ACCESS 2010 нинг асосий элeмeнтлари ва май-донлар хусусияти” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:23

MAVZU: 23-dars. MS ACCESS 2010 NING ASOSIY ELEMENTLARI VA MAY-DONLAR XUSUSIYATI

DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

№

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. MOBTga ta’rif bering.

2. MOni yaratuvchi qanday dasturiy vositalarni bilasiz?

3. MOning modeli haqida ma’lumot bering.

4. Sinfingiz o‘quchilarining familiyasi, ismi, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiring.


Yangi mavzu bayoni

Microsoft Access 2010 MOBTning relyatsion turiga mansub bo‘lib, hozirgi vaqtda eng ommaviy ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlariga kiradi va u MOni yaratish, MOda ma’lumotlarni saqlash, izlash va ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.

MS Access 2010 ning yana bir qo‘shimcha afzalligi uning Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi dasturlar bilan integrallashganligidadir. Bu dastur ilovalarida yaratilgan ma’lumotlar bir ilovadan ikkinchi ilovaga osonlik bilan import va eksport bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

MS Access 2010 yordamida oddiy foydalanuvchi katta va murakkab

bo‘lgan ma’lumotlar omborini dasturiy ta’minot yaratmasdan MO yaratish

va qo‘llashga ega bo‘ladi.

MS Access 2010 ni yuklashning uch xil usulini ko‘rib o‘tish mumkin:

  • foydalanuvchining ish stolidagi yorliq yordamida;

  • dasturining yorlig‘i yordamida;

  • bosh menyu yordamida.

MS Access 2010 bilan ishlash

MS Access 2010 ning ekrani yuqori qatorida omboridagi ma’lumotlar va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo‘ljallangan menyu joylashgan. Файл, Главная, Создание, Внешние данные, Работа с базами

данных, Поля, Таблица bo‘limlaridan iborat.

Файл – ma’lumotlarni xotirada saqlash, fayllarga murojaat qilish, ma’lumotlarni qog‘ozga chop etish, dasturning parametrlarini sozlash imkoniyatlari mavjud.

Главная –jadvaldagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash qayta ishlash, kabi bir qator ishlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Создание – jadvallar, so‘rovlar, formalar hisobotlar, modullar, makroslar yaratish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.

Внешние – yaratilgan ma’lumotlarni import, eksport, qilish va ma’lumotlarni elektron manzillarga jo‘natish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.

Работа с базами данных – makroslar yaratish, hosil qilingan jadvallarni o‘zaro bog‘lash, SQL server ombori bilan bog‘lash kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.

Поля – maydon turlari, xossalarini o‘zgartirish, jadval formatlarini tahrirlash, matematik funksiyalardan foydalanish mumkin.

Таблица – makroslar yaratish, jadvllarni o‘zaro bog‘lash, xossa-larini o‘rnatish mumkin.

MS Access 2010 ning asosiy elementlari quyidagilar:

  • Таблицы – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;

  • Запросы – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi;

  • Формы – ma’lumotlarni ko‘rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;

  • Страницы – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular MS Access 2010 da ma’lumotlarini Internet Explorer brouzeri yordamida ko‘rish uchun ishlatiladi;

  • Отчеты – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi;

  • Макрос – bir yoki bir qancha amallarni avtomatik ravishda bajaradi.

MS Access 2010 da maydonlar ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligi hisoblanadi.



MS Access 2010 da tasvirlanadigan maydon turlari


YODDA SAQLANG !

MS Access 2010 ning fayllar “.accdb” kengaytmaga ega.


UYGA VAZIFA

1. MS Access 2010 da yangi ma’lumotlar omborini hosil qiling. Ombor nomini “o‘quvchilar” deb nomlang va uni D: diskga saqlang.

2. MS Access 2010 da tasvirlanadigan maydon turlarini tahlil qilib chiqing.